Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Iyul, 2009

Noodatiy tarzda namoyon bo’lgan Shahnoz!

ShahnozKuni kecha «A’lo FM» radiosining 3 yoshiga bag’ishlab o’tkazilgan katta gala-konsertda estradamizning yorqin yulduzlaridan biri Shahnoz o’zining diltorar taronasi bilan ishtirok etib barchani lol qoldirdi. Ammo konsert dasturida Shahnoz noodatiy tarzda sahnada paydo bo’ldi…Gap shundaki, Shahnoz konsert kunidan avval oyog’ini qayltirib olib, gips qildirgan edi. Ammo hech qanday havotirga o’rin yo’q! Shahnoz fursatdan foydalanib, «A’lo FM» radiosining bosh muharriri Olimxo’ja Azimov, xonandalar Sardor Rahimxon, Rayhona, Aziz Rametov, Ulug’bek Rahmatullaev, Sukrullo aka Isroilov, Oybek va Nigora va «Ato» guruhiga konsertda dalda bo’lib turishgani uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi. Shahnozning ijodiga to’xtaladigan bo’lsak, hozirda 5 ta CD albom ustida ishlamoqda. Birinchisi-bu uning yangi yakkaxon albomi hisoblanadi. Unda Shahnozning eng sara taronalari o’rin oladi. Ikkinchi albom esa «Shahnoz va uning do’stlari» deb nomlanadi. Uchinchi albom esa O’zbekiston haqida kuylangan avvalgi qo’shiqlarni yangicha talqinda yaratgan taronalari o’rin oladi. Qolgan ikki albom haqida hozircha xabar bermadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *