Nodir Said ijodidan yangi tarona
Yosh estrada xonandasi Nodir Said ijrosidagi «Birgina seni» taronasiga ishlangan klipni siz ayni kunlarda TV ekranlari orqali tomosha qilishga muyassar bo'lmoqdasiz. Lekin xonanda bu bilan cheklanib qolmoqchi emas.
Shu kunlarda Nodir Said o'zining «Yor-yor» deb nomlangan yangi taronasini tugallab, radio orqali tinglovchilar hukmiga taqdim etishga ham ulgurdi. Hozirda ushbu taronaga klip olish ishlari ustida ishlanmoqda. Undan so'ng xonanda yangidan-yangi taronalarni o'z muxlislariga taqdim etishdan aslo to'xtamoqchi emas. Kuzatamiz…
P.S.: «Yor-yor» taronasini AudioTime loyihasi orqali siz tinglash imkoniga egasiz.