Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Nilufar yangi klipida Oppog’oyim bo’ladi!!!
26 Iyul, 2013

Nilufar yangi klipida Oppog’oyim bo’ladi!!!

Nilufar - Tantanam maniO’zbek estradasi olamida chiroyli ijod qilib kelayotgan xonanda Nilufar kuni kecha yangi qo’shiqlaridan biriga klip suratga tushirdi. Klip antiqaligi bilan boshqa kliplaridan ancha farq qiladi. Sanjar Matkarimov rejissorligi va Nurimon Sultonxo’jaev operatorligi ostida suratga olinayotgan ushbu klip jarayonidan fotosuratlar taqdim etamiz.

Gap qaysi qo’shiqqa ishlanayotgan klip haqida ketayotganligini tushuna olmagan muxlislarimiz uchun to’liqroq ma’lumot yetkazishga harakat qilamiz. «Tantanam mani» — Nilufarning aynan mana shu nom ostidagi qo’shig’iga klip suratga tushirildi. Qo’shiq mualliflari bilan sizlarni tanishtirsak, qo’shiq muallifi Eldor Qayumov, aranjirovka esa Botir Aliev tomonidan amalga oshirildi. Suratga olinayotgan mazkur klipda siz Nilufarni Oppog’oyim obrazida ko’rishingiz mumkin. Klipda gnomlar obrazida esa Nurimon Sultonxo’jaev gavdalanadi. Nurimon bir emas, naqd 7ta gnom obrazini yaratishi ma’lum bo’ldi. Maxsus qurilgan dekoratsiyada suratga tushirilgan klip jarayonidan SB.uz portali uchun «Asr Media» hamda «G’ayrat Video» studiyalari maxsus fotosuratlarga tushirib kelishdi. Marhamat, ushbu fotosuratlardan bahramand bo’ling!!!

G'ayrat Video
Asr Media

Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 170 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *