Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Modern Mebel
Bo'limlar menyusi
Nilufar Usmonovadan yangi albom taqdimoti!!!
4 Avg, 2015

Nilufar Usmonovadan yangi albom taqdimoti!!!

Nilufar Usmonova albom taqdimoti

O’zbek estradasi yulduzi Nilufar Usmonova bugun o’zining yangi albomi taqdimotini o’tkazdi. Nilufar Usmonovaning yangi albomi «Dunyo» deb nomlanadi. Bu albomdan xonandaning 17ta qo’shig’i o’rin olgan.

Albom taqdimoti davomi jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga Nilufar Usmonova to’liq javob berib o’tdi. Shuningdek, bu albom taqdimoti 1 kun ichida tashkillashtirilib, 1 kun ichida ko’p sonli adad bilan albomlar sotuvga chiqarilganligi tahsinga sazovor. «Discovery» musiqiy disklar do’koniga tashrif buyurib ushbu litsenzion disklardan birini qo’lga kiritishingiz mumkin. Darvoqe, Nilufar Usmonova bundan oldingi albomini 3 yil oldin taqdim etgan edi.

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimotida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *