Nilufar Usmonovadan hayit tabrigi…
Estradamiz yulduzi Nilufar Usmonova turli uslublarda fotosuratlarini, fotojamlanmalarini taqdim etib kelar edi. Biroq, bugungi fotosuratlari maxsus fotosuratlar. Ya’ni, Ramazon hayiti bayrami uchun maxsus tayyorlangan fotosuratlardir. Nilufardan bayramona tabrikli fotosuratlarni qarshi olishga tayyormisiz?
Unday bo’lsa, marhamat! Bugun Ramazon hayitining ilk kuni. Bugun yurtimizda haqiqiy bayram shukuhi uf urib turibdi. Buni shahrimizning har bir ko’chasida kuzatish mumkin. Nilufar Usmonova barcha barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan Ramazon hayiti munosabati bilan chin dildan muborakbod etib qolar ekan, ushbu fotosuratlarni hayitlik sovg’a tarzida qabul qilishlarini so’radi. Marhamat, Nilufarning hayitga atalgan sovg’asini qarshii oling! Yana bir bor hayitingiz muborak bo’lsin, azizlar!!!