Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Nilufar Usmonova yangi albomi taqdimotini o’tkazdi!
5 Mart, 2017

Nilufar Usmonova yangi albomi taqdimotini o’tkazdi!

Nilufar Usmonova albom taqdimotiNilufar Usmonova so’nggi kunlarda juda faol bo’lib qoldi. Xabaringiz bor yaqindagina Nilufar o’zining «Dadasini qizi» deb nomlangan yangi taronasini keng ommaga taqdim etgan edi. Kuni kecha esa mazkur taronaga rejissor Sarvar Isaev, operator Rustam Murodov bilan hamkorlikda klip suratga tushirdi.

Bu ijodiy izlanishlar bilan chegaralanib qolmagan xonanda kecha, 4-mart kuni esa o’zining «Arlonim» deb nomlangan yangi albomi kichik taqdimotini o’tkazdi. Nilufar Usmonovaning mazkur «Arslonim» nomli albomidan 17ta qo’shiq o’rin egallagan bo’lib, ushbu qo’shiqlarning aksari yangi taronalardir. Nilufar bu albomdan so’ng oradan ko’p o’tmay yana bir albomini taqdim etish niyatida ekanligini, albom taqdimoti davomida tashrif buyurgan OAV hodimlari bilan suhbatda aytib o’tdi. Demak, ijodiy izlanishlarda juda ham faol harakat qilayotgan Nilufar Usmonovadan yana yangiliklarni kuzatishda va kutishda davom etamiz.

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimoti davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *