Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Nilufar Usmonova «Turkvision»ga yo’l olmoqda!
13 Dek, 2013

Nilufar Usmonova «Turkvision»ga yo’l olmoqda!

Nilufar Usmonova - Ana-anaO’zbek estradasida o’z o’rniga ega bo’lgan iste’dod sohibasi Nilufar Usmonova o’z imkoniyatlarini endi xorijiy festivalda namoyish etish imkoniyatiga ega bo’ldi. Turkiyaning «Turkvision» deb nomlangan jonli ijroda bo’lib o’tadigan musiqiy festivalida Nilufar Usmonova ham ishtirok etadi.

16-dekabrdan 23-dekabrga qadar davom etadigan «Turkvision» xalqaro musiqiy festivalida O’zbekiston Respublikasi nomidan Nilufar Usmonova ishtirok etadi. Shuningdek, mazkur festivalda Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkiya, Ozarbayjon, Makedoniya, Rossiya, Turkmaniston, Belorusiya, Ruminiya, Ukraina va yana bir qator davlatlardan ham xonandalar ishtirok etishadi. Ular orasidan g’oliblikni aynan hamyurtimiz Nilufar Usmonova qo’lga kiritib qaytishiga umid qilib qolamiz. Mana bu MANZIL orqali siz sevimli yulduzingiz Nilufar Usmonovaga ovoz bergan holda qo’llab-quvvatlab turishingiz mumkin. Nilufar, senga omad yor bo’lsin!!! O’zbekiston nomini san’at olami orqali butun dunyoga tanita olishinga ishonamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 606 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *