Nilufar Usmonova ilk konserti Turkiyada!
O’zbek estradasi xonandasi Nilufar Usmonova shu kunga qadar o’z yakkaxon konsert dasturini hech qayerda taqdim etmagan edi. Buni qarangki, u ilk yakkaxon konsert dasturini xorijda taqdim etadigan bo’ldi. Qayerda deysizmi? Turkiyaning Istambul shahrida!!!
Demak, Nilufar Usmonovaning ilk yakkaxon konsert dasturiga tashrif buyurishni niyat qilib qo’ygan bo’lsangiz, u holda Turkiyaga borishingizga to’g'ri keladi. 2014-yil 31-oktyabr kuni soat 20:00da Istambul shahrida Nilufar Usmonova o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Ayni damda Turkiyada bo’lgan Nilufar Usmonovaning muxlislari uchun bu ayni muddao. Nilufarga konsert oldidan omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz!!!