Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Sen, 2007

Nilufar Usmonova «HOT-LINE» mehmoni!

HOT LINETarona.uz sayti hamda www.Shou-bizneS.uz portali taqdim etadi: «HOT-LINE»!!! Bu loyihani muxlislari tobora ortib bormoqda. Qisqa muddatli tanaffusda bizga ushbu loyihani tezroq o’tkazishimizni so’rab ko’plab maktublar tushdi. Barcha maktublarga javoban bugun biz navbatdagi mehmon haqida ma’lumot beramiz. Navbatdagi «HOT-LINE»da estradamiz yulduzi Nilufar Usmonova tashrif buyuradi!

Ushbu loyihada ishtirok etish juda ham oson va oddiy. Siz mazkur loyihada ishtirok etish uchun Yahoo Messenger dasturiga ega bo’lishingiz va siz foydalanayotgan Yahoo ID (Yahoo Messenger manzilingiz) qanday ekanligini bizga tarona@sb.uz manziliga yuborishingiz yoki bo’lmasa, taronauz — Yahoo Messenger manzilini aloqalaringiz safiga qo’shib qo’yishingiz lozim. «HOT LINE» loyihasining boshqa loyihalardan farqi shundaki, siz sevimli xonandangiz bilan telefon orqali suhbat qurish imkoniga ham ega bo’lasiz! Buning uchun o’z telefoningiz raqamini tarona@sb.uz manziliga yozib yuborishingiz so’raladi. Shunda sizga sevimli xonandangiz shaxsan qo’ng’iroq qiladi!

Navbatdagi «HOT LINE» 29 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da estradamiz yulduzi Nilufar Usmonova bilan o’tkaziladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *