Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Mart, 2012

Nilufar Usmonova fan-klubi 1 yoshda!

Nilufar Usmonova fan klub yig'ilishida!So'nggi yillarda anchayin shiddatli ijodi bilan tez-tez ko'zga namoyon bo'layotgan Nilufar Usmonovaning bir qator muxlislari bundan bir yil avval Nilufar Usmonovaning fan-klubini tashkil qilishga qaror qilishgan edi. Mana bugun esa juda ham tez fursat ichida mazkur fan-klubning 1 yilligi ham bo'lib o'tdi. Fan-klub 1 yoshga to'lishi munosabati bilan sumalak bazmi ham bo'lib o'tdi.

Shahrimiz kafelaridan birida bo'lib o'tgan mazkur fan-klub uchrashuvida Nilufar Usmonova, «Tarona Records» ovoz yozish studiyasi direktori Davron Muqimov bilan birgalikda keldi. Mazkur fan-klub uchrashuviga Nilufarning 30dan ziyod eng ashaddiy muxlislari tashrif buyurishdi. Uchrashuv mobaynida muxlislar va Nilufar Usmonova o'rtasida erkin suhbat, savol va javoblar, turli qiziqarli mavzular bo'lib o'tdi. Uchrashuv so'ngida esa Nilufar Usmonova o'z dastxati tushirilgan audio albomlarini eng yaxshi savol va g'oya mualliflariga taqdim etdi. Xullas, bir so'z bilan aytganda uchrashuv ko'ngildagidek o'tdi. Ana endi fotosuratlarga navbat.

 

Nilufar Usmonova fan klub yig'ilishida!

Nilufar Usmonova fan klub yig'ilishida!

Nilufar Usmonova fan klub yig'ilishida!

Nilufar Usmonova fan klub yig'ilishida!

Nilufar Usmonova fan klub yig'ilishida!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 228 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *