Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Sen, 2007

Nilufar Usmonova bilan «HOT LINE»!

Nilufar Usmonova bilan HOT LINEwww.Shou-bizneS.uz portali hamda www.TARONA.uz sayti hamkorlikda o’tkazilib kelinayotgan «HOT LINE» loyihasi bugun juda qiziqarli tarzda o’tdi, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Loyiha davomida qiziqarli va kutilmagan voqealarga ham duch keldik.

Birinchidan, Tarona Rekords studiyasida aynan «HOT LINE» loyihasi o’tkaziladigan kompyuter ta’mir talab bo’lib qoldi. Ikkinchidan, veb kameraning drayver diskini topishni hech iloji topilmadi. Shu sababli ushbu «HOT LINE» da veb kameradan foydalanilmadi. Uchinchi hodisa, loyihani o’tkazish uchun «Yahoo Messenger» dasturi biz ishlashimiz lozim bo’lgan boshqa kompyuterda o’rnatilmagan ekan. Yaxshiyamki, internet orqali ushbu dasturni ko’chirib olib, «HOT LINE» loyihasi bir oz kechroq bo’lsada o’tkazildi. Yana bir qiziq tarafi, ushbu loyiha davomida Nilufar Usmonova umuman muxlislari bilan telefon orqali suhbat qurmadi. Nima sababdandir bizga telefon raqamlari umuman yuborilmadi. Balki, bu ham qandaydir texnik hatodir… Umuman olganda, «HOT LINE» ajoyib va qiziqarli tarzda o’tdi. Buni takrorlanmas fotosuratlardan ham bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, fotosuratlarda Nilufarni yangi imijini ham ko’rishingiz mumkin. Ha, darvoqe, shu bugun Nilufarning farzandi Saida’zamxon 3 yoshga to’ldi. Biz o’z o’rnida Nilufar va Yulduz Usmonovalarni bugungi shodiyona bilan muborakbod etamiz. Saida’zamxon esa kelajakda qanday kasb egasi bo’lishidan qat’iy nazar o’z kasbini yetuk mutaxassisi bo’lib yetishsin.

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE

Nilufar Usmonova bilan HOT LINE


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *