Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Nilufar, tavallud kun muborak!!!
1 Avg, 2013

Nilufar, tavallud kun muborak!!!

Nilufar tavallud kuniIyul oyining so’nggi kuni, ya’ni 31 iyul sanasida «Dar» restoraniga bir qator o’zbek estradasi vakillari jamuljam bo’lishdi. Buning sababi esa o’zbek estradasida tobora o’z o’rnini topib kelayotgan Nilufarning tavallud kuni bo’lganligi edi. Bir necha soatlar ilgari bo’lib o’tgan ushbu bayramona kundan maxsus foto-reportajni taqdim etamiz.

Sardor Rahimxon, Ulug’bek Rahmatullaev, Umidaxon, Zarina Nizomiddinova, Dilso’z, Mirjamol, Jakhongir.uz, Olimxo’ja Azimov, Ibrohim Ahmedov, Alisher Uzoqov, Doniyor Agzamov, Malik, Eldor, Kaniza, Yakxon, Nurimon Sultonxo’jaev, Sanjar Matkarimov kabi san’at olamining mashhur vakillari bir joydan to’plandilar. Bu kechada bir qator ko’pchilikni qiziqtirgan savollarga oydinlik ham kirdi, albatta Nilufarning tavallud kuni sababli. Jumladan, Sardor Rahimxon va Ulug’bek Rahmatullaev oralarida qaysidir vaqtda kelishmovchiliklar bo’lgan bo’lsada, hozirda munosabatlari yaxshi ekanligini barchaga oshkor etdilar. Ikki do’st yonma-yon o’tirib uzoq vaqt suhbat ham qurdilar. Shuningdek, estradamizning yangi dugonalar juftligi ham bu kechada mehmon bo’ldilar. Agar ahamiyat bergan bo’lsangiz, so’nggi paytlarda Dilso’z va Umidaxon juda ko’p joylarda birgalikda ko’zga tashlanishmoqda. Chunki, hozir bu ikki ijodkor qalin do’stlik rishtalarini bog’lashgan. Maftunkor Zarina Nizomiddinova ham ko’p boshqa aktrisalardan farqli ravishda shu kabi ko’plab tadbirlarda faolligi bilan ajralib turadi. Bu safar ham Zarina o’zining quvnoq kayfiyati ila kechani quvnoq davom etishida ozmi-ko’pmi hissasini qo’shdi. Tadbirda Sardor Rahimxon ham Ulug’bek Rahmatullaev ham Nilufar uchun o’zlarining yangi taronalarini prem’era tarzida kuylab berishdi. Kechaga eng birinchi kelgan yulduzlardan biri bu bastakor Jakhongir.uz bo’ldi. So’ngra eng kech kelgani klipmeykerlar Nurimon Sultonxo’jaev hamda Sanjar Matkarimov bo’ldi. Tadbir davomida bir qator qiziqarli o’yinlar ham bo’lib o’tdi. Ulardan biri o’tirgan holatda kim ko’p shar yig’ish o’yini bo’ldi. Olimxo’ja Azimov, Sardor Rahimxon va Ulug’bek Rahmatullaev ishtirok etgan ushbu o’yinda eng birinchi yengilgan Sardor Rahimxon bo’lgan bo’lsa, g’olib chiqqan ishtirokchi Ulug’bek Rahmatullaev bo’ldi. Xullas, mana shu kabi qiziqarli o’yin-kulgular bilan Nilufarning tavallud kuni chiroyli tarzda nishonlandi. To’g'risini aytsam, anchadan buyon yulduzlar ishtirokidagi bunaqangi fayzli kechani ko’rmayotgan edim. Ko’p tadbirlar afsuski qandaydir g’alati, ha aynan g’alati o’tayotgan edi. Quvnoqlik, birdamlik ko’zga tashlanmayotgan edi. Bu yerda esa boshqacha kayfiyat hukm surdi. Balki, bu kecha malikasi hisoblangan Nilufarning hayotda ham xushchaqchaq va ochiqko’ngil ekanligidadir? Mana shu xushchaqchaq va ochiq ko’ngil degan fikrni juda ko’p yulduzlarimiz o’zaro suhbatimiz jarayonida aytib o’tganligi ham e’tiborga molik. Yana bir bor tavallud kun muborak, Nilufar!!!

Ushbu tadbir davomida olingan fotosuratlar SB.uz portali uchun «Asr Media» hamda «G’ayrat Video» studiyalari tomonidan maxsus suratga olingan . Marhamat, ushbu fotosuratlardan bahramand bo’ling!!!

G'ayrat Video
Asr Media

Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 634 ta o'qildi | 7 izohlar.

COOL.SB.uz -

7 Izohlar

  1. assalamu alaykum … mubarak bolsu!!! biz silarni yakturimiz. uyghur

  2. man ozbek sanetini bek yaktur man selarneg tehimu kop koxgiglar ni agligum bar yalguz man la amas putun uygur halkinig nig agligusi bar

  3. yoq manga sb.uz sayti yiqadi ammo habarlar kam..agar iloji bosa boshqa bayramlarga ulugbekakamni suratlarini qoying??? va bu bayramni videosini skachat qilsa boladimi??

  4. какие все красивые и счастливые…….. Nilufar super… Mirtohiraka kechirasiz .. nega ULUGBEK RAHMATULLAEVNI suratlari kam???/

    • udachniy rasmlarini qo’yganman… o’xshamagan kadrla qo’yilmagan…

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *