Nilufar sirli mashhur xonanda bilan duet kuyladi!
O’zbek estradasida o’z o’rnini topishga intilayotgan yosh xonanda Nilufar yana bir ajoyib duet qo’shiq kuyladi. Uning bu galgi duetdoshi juda ham mashhur xonanda bo’lib, u kim ekanligi sir saqlanmoqda. Biroq, mazkur duetdosh ayol xonanda bilan oxirgi duetini bundan 12 yil avval kuylagan ekan.
Qiziq, kim bo’lishi mumkin? Bu savol sizlarni qiziqtrishi tabiiy. Biz esa hozircha buning javobini ayta olmaymiz. Ammo, yana shuni ma’lum qilishimiz mumkinki, ushbu duet taronaga klip ham suratga tushiriladi. Klip taniqli klipmeyker Jasur Shametov tomonidan tasvirga olinishi rejalashtirilgan. Ushbu duetdosh va klip haqida keyinroq yana batafsil to’xtalib o’tamiz. Portalimizni kuzatishda davom eting!