Nilufar Saidovadan navbatdagi musiqiy albom!
Turli xil yo'nalishlarda ijod qiluvchi estradamizning yorqin yulduzlaridan biri Nilufarxonim Saidova o'zining ko'p sonli muxlislari uchun navbatdagi musiqiy albomini sotuvga chiqardi…
Nilufar Saidovaning navbatdagi musiqiy al'bomida 15 ta qo'shiq jamlangan bo'lib, «Kechikkan sevgi» deb nomlanadi. Albom «Tarona Records» studiyasi tomonidan sotuvga chiqarildi. Tabiat, Vatan, sevgi va boshqa mavzularda yaratilgan qo'shiqlar albomdan munosib joy egallagan.