Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Nilufar Istanbulda 2 kunlik konsert berdi!
27 Noy, 2014

Nilufar Istanbulda 2 kunlik konsert berdi!

Nilufar TurkiyadaO’zining ajoyib qo’shiqlari bilan muxlislar qalbidan joy olib kelayotgan xonanda Nilufar Turkiyaning Istanbul shahrida o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. 2 kun taqdim etilgan mazkur konsert dasturi»Kartal Bulent Ecevent» madaniyat markazi hamda «Bakirkuy Cem Karaca» madaniyat markazida bo’lib o’tdi.

Nilufarning Turkiyadagi ilk yakkaxon konsert dasturi 3ta blokdan iborat bo’lib, konsert dasturlarida Nilufar o’z ijodi davomida shu kunga qadar ijro etgan barcha qo’shiqlarini kuyladi. Tashrif buyurgan mehmonlar orasida ayni damda Turkiyada turli hizmatlar yuzasidan bo’lib turgan yurtdoshlarimizdan tashqari, turli davlat vakillarini ham ko’rish mumkin edi. Konsert dasturi davomida Nilufar o’zining eng sara taronalari bilan bir qatorda, prem’era tarzida yangi qo’shiqlarini ham ijro etdi. Shuningdek, tashrif buyurganlar uchun «Dilim» taronasiga suratga olingan klip prem’erasini ham havola qildi. Nilufar ijrosidagi qo’shiqlarni turk sozandalari o’zgacha uslubda jonli ravishda ijro etganlari ham konsert dasturining alohida ahamiyatlik jihatlaridan biri bo’ldi. Biz Nilufarning kelgusi ijodiy faoliyatiga omadlar tilagan holda sizlarga mazkur konsert dasturidan bir qator fotosuratlarni taqdim etamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 789 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *