Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Avg, 2006

Nigora va Oybek hamda Ziyoda taqdim etadi!

Nigora va Oybek hamda ZiyodaYuqorida nomlari zikr etilgan yosh ijodkorlar “Akfa – media” studiyasi xodimlari uchun, shu yerda ijod qilayotgan va ter to’kayotgan insonlarga antiqa tomosha, ya’ni teatrlashtirilgan konsert taqdim etishar emish. Shu gap rostmi yoki yolg’onmi deb shaxsan o’zlaridan so’rasak ular:

Oybek: – Bilasizmi, san’at umumiy ma’noni anglatadi. Biz qizlar bilan san’atning shu qirrasini ham o’rganish uchun shu yerda ijod qilayotgan insonlarga qisqagina teatrlashtirilgan konsert qo’yib bermoqchimiz.

Nigora: – Shuni ham aytib o’tish joizki, qiziqqan muxlislar “Akfa – media”ga tashrif buyurib tomosha qilish baxtiga muyassar bo’lishlari mumkin. Bu teatr mavzusi dars jarayonida bo’ladigan qiziqarli voqealardan kelib chiqadi.

Ziyoda: – Men ham do’stlarim aytgan gaplarga qo’shilaman. O’ylaymanki, bu ishimiz barchaga ma’qul tushadi. Nasib etsa keyinchalik katta sahnalarda ham muxlislarga atab antiqa tomoshalarni taqdim etamiz.

Ana shunaqa gaplar. Portalimizni kuzatishda davom eting, shunda siz antiqa teatrlashtirilgan shouni qachon bo’lishidan boxabar bo’lasiz.

Nigora va Oybek hamda Ziyoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 120 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *