Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Sen, 2008

Nigina Nabieva kimdan uyaladi?!

Nigina NabievaBir-biridan ma’nodor va hit qo’shiqlarini taqdim etib kelayotgan xonanda Nigina Nabieva, yangi qo’shig’i «Uyalaman» taronasi uchun klip suratga oldi. Klipda bosh rolni ajoyib radioboshlovchi Otabek Tojiboev ijro etdi…«Uyalaman» taronasi uchun maxsus klipni Niginaning doimiy hamkori klipmeyker Durbek Sharipov suratga tushirdi. Klip syujet ko’rinishida bo’lib, juda ham chiroyli chiqqan. Shu bilan birga Nigina endilikda, bundan biroz muddat ilgari yaratilgan »Xayr alvido… yohud Sog’inaman» qo’shig’i uchun ham klip suratga tushirishni oldiga maqsad qilgan. Shuningdek, tez kunda uning yangi fotojamlanmasini hamda «Uyalaman» taronasi uchun ishlangan klipni tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *