Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Yan, 2011

«New Star» Media Malayziyada!

New Star Media«New Star» Media prodyuserlik markazi xonandalari Malayziya davlatida. 2009 yilda juda ham sermahsul ijod qilgan ijodkorlarning safardan asosiy ko'zlagan maqsadlari…

Yangi yilni oila davrasida kutib olgan «New Star» Media prodyuserlik markazi xonandalari «Bayon» guruhi solistlari Oybek hamda Ma'mur, xonandalar Humoyun Mirzo va Ja'far, shuningdek, latofatli Dilso'z Malayziyaga 10 kunlik ta'tilga jo'nab ketishdi. Gap shundaki, 7 yanvar kuni «Bayon» guruhi a'zosi Oybekning tavallud topgan kuni. Shu munosabat bilan «New Star» Media xodimlari unga antiqa sovg'a taqdim etishdi. Ya'ni 5 kishilik Malayziyada dam olish uchun yo'llanma. Albatta oldinda ularni mashaqqatli 2011 yil kutib turganini hisobga olsak, kuch-quvvat ularga zarur. Shu o'rinda Oybekni tug'ilgan kuni bilan barcha muxlislari va SB.uz portali ijodkorlari nomidan muborakbod etamiz. Unga oilaviy baxt, sixat-salomatlik, uzoq umr va hamma ezgu niyatlaring ijobatini tilab qolamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *