«Netay jonim» uchun maxsus!
Yosh umidli xonandalardan biri Xojimurod Bekchanov, «Yorsiz tatimas bahor» nomli taronasiga ishlangan ajoyib klipdan so’ng «Netay jonim» deb nomlangan yangi tarona ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edik. Hozirda ushbu qo’shiq uchun Durbek Sharipov tomonidan video ketma-ketlik suratga olinmoqda…Xojimurod Bekchanovning yangi klipining suratga olinish jarayonida tushirilgan fotosuratlarni tez kunda portalimiz orqali namoyish qilamiz. Undan tashqari Boborahim Mashrab g’azali, Nurbek Rasulov musiqiy yo’nalishi asosida «Mastonalarga» deb nomlangan yangi qo’shiq yaratmoqda. Ushbu qo’shiqning e’tiborli jihati shundaki, faqat jonli ijro asosida yaratilayotganidir!