Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Iyun, 2011

Nazarbekov tan olgan Humoyun Mirzo!

Humoyun MirzoKuni kecha shahrimizning «Osiyo grand» restoranida bo'lib o'tgan to'ylardan birida kutilmagan hodisa ro'y berdi. To'yning fahriy mehmoni etib taklif etilgan Ozodbek Nazarbekov kutilmaganda sahnaga yosh iste'dodli xonanda Humoyun Mirzoni taklif etdi. Humoyun shu kuni to'yda «dejur», ya'ni to'yni boshidan oxiriga qadar hizmatga taklif etilgan san'atkor edi.

Ozodbek Nazarbekov mehmonlarga Humoyunni asl iste'dod sohibi, ota bobolarimizning chinakam ijro yo'llarini davomchisi, qolaversa men ishongan yosh xonanda deb tanishtirdi. So'ngra O'zbekiston xalq artisti jonli tarzda avji baland bo'lgan «Yig'larman» taronasini ijro eta boshladi. Eng qizig'i qo'shiqning avji kelganda sodir bo'ldi. Ozodbek mikrafonni Humoyunga uzatdi. Hammaning e'tibori Humoyunda edi. Biroz hayajon bosgan holda biroq katta mahorat bilan hammaning hayrati hamda olqishi ostida Humoyun qo'shiqni ajoyib tarzda ijro etib yakunladi. Shubhasiz Humoyun uchun bu katta imtixon bo'ldi desak adashmaymiz. Albatta shu o'rinda Ozodbek Nazarbekovning chinakam iste'dodlarga bu qadar e'tibor qaratayotgani ham tahsinga sazovor. Demak, Humoyun Mirzoni endilikda Ozodbek Nazarbekovning yangi shogirdi desak to'g'ri bo'larmikin?

 

Humoyun Mirzo

Humoyun Mirzo


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *