Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Iyul, 2011

Nazarbekov Rahmatullaev qo'shig'ini kuyladi!

Ulug'bek Rahmatullaev va Ozodbek NazarbekovKuni kecha Ozodbek Nazarbekovning «Ozod-shou» dasturining navbatdagi sonini suratga olish ishlari bo'lib o'tdi. Suratga olish jarayonida Ozodbek Nazarbekov Ulug'bek Rahmatullaevni «shokka» tushirishga erishdi! Zero, Ulug'bek kutmagan voqea yuz berdi.

Ozodbek Nazarbekov yurtimiz suygan, el adrog'idagi ustoz san'atkorlarga murojaat etib, «Nega bizda xonandalar biror bir xonanda olamdan o'tgach uning qo'shiqlarini qayta kuylab chiqishadi. U tiriklik chog'ida esa yodga ham olishmaydi.» — deb, kutilmaganda Ulug'bek Rahmatullaevning «Kapalak» taronasini kuylay boshladi. Bu holga guvoh bo'lgan Ulug'bek hayratini yashira olmadi va Ozodbek Nazarbekovga bo'lgan hurmati yanada oshdi. Shu bilan birga Rahmatullaev ham Nazarbekov ijodidan biror bir qo'shiqni qayta kuylab chiqishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi.

«Ozod-shou»ning navbatdagi sonini o'tkazib yubormang va unda sodir bo'lgan voqealarni o'z ko'zingiz bilan kuzating. Darvoqe, ushbu dasturda Ulug'bek Rahmatullaev o'zining «Bemor» nomli yangi hit taronasini kuylab chiqadi.

 

Ulug'bek Rahmatullaev va Ozodbek Nazarbekov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *