Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Sen, 2009

«Navro’z» radiosidan xotira dasturi…

Navro`zFM 88,4 MHz «Navro’z» radiosining ajoyib boshlovchisi Botirxon va bir nechta hamkorlar birgalikda, Hayt bayrami arafasida savobli ishga qo’l urishdi. Botirxon, joriy yilning 29 iyun kuni avtohalokat oqibatida bevaqt olamdan o’tgan «Bojalar» guruhining solisti Mo’min Oripovni xotirlab dastur tayyorlamoqda. Dasturning e’tiborli tomoni juda ko’p. Qanday e’tiborli tomoni va Xotira dasturi qachon efirga uzatilishini bilishni istaysizmi? U holda hoziroq davomini o’qing…

Shu kungacha turli OAVlarida bu haqida ko’plab ma’lumotlar havola qilib kelindi. Lekin ushbu ma’lumotlar faqatgina bir kishining nomidan havola qilindi. «Navro’z» radiosida tayyorlanayotgan dastur faqatgina bir kishini nomidan ketmaydi. Unda Mo’min Oripovning yaqin insonlari, do’stlari va boshqalar ishtirok etishgan. Aynan kimlar ishtirok etganini tez orada portalimiz orqali ma’lum qilamiz.

Eksklyuziv tarzda shuni aytib o’tishimiz mumkin, dastur 13 sentyabr soat 22:00dan 23:00gacha FM 88,4 MHz to’lqini orqali efirga uzatiladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 81 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *