Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Navbatdagi yulduzli sumalak bazmi!!!
11 Apr, 2013

Navbatdagi yulduzli sumalak bazmi!!!

Oybek va Nigora sumalakKuni kecha, ya’ni 10 aprel sanasida «Bojalar» guruhining sobiq a’zosi, rahmatli Mo’min Oripovning Xasanboydagi xovlisida bir qator shou-biznes vakillari ishtirokida sumalak bazmi bo’lib o’tdi. Ushbu sumalak bazmiga SB.uz portali ijodiy jamoasini Oybek va Nigora juftligi taklif qilgan edi.

Biz o’z ijodiy jamoamiz bilan fayzli xonadonga tashrif buyurdik. Yulduzlar tomonidan tashkil etilgan sumalak bazmlarida odatda albatta qo’shiqlar ijro etilar edi. Biroq bu kuni hech bir xonanda yoki guruh qo’shiq kuylamadi. Shunchaki, oddiy insonlar kabi dam olishdi. Albatta qo’shiqlar qo’yildi faqat tinglab o’yin-kulgu qilish uchun. Mana shu jihati bilan ajralgan mazkur sumalak bazmida xonadon sohibasi Kamola, shiringina Bilolxo’ja, bizni taklif etgan Oybek va Nigora, «Hayot uchun» shiori ostida o’tkazilayotgan futbol shousi ishtirokchisi, oyog’i singan Davron Kabulov, kinorjissorlar Durdona To’laganova va Jonrid, yosh aktrisa Sitora Alimjonova, «Ummon» guruhi, Mo’min Oripovning ukasi Ma’mur, Oybek va Nigoraning sobiq administratori, «lupa» tahallusi bilan hammaga tanish bo’lgan Ma’ruf, jurnalist Sardor Komilov, xonanda Sherbek Shodiev va uning administratori Iskandar va bir qator shou-biznesga aloqador shaxslarni ko’rdik. Tadbir Kamolaning xonadonida bo’layotganligi sababli bu sumalak bazmining asosiy sababchisi u deb o’ylamasligimizni, sumalakni Kamola bir qator dugona va do’stlari bilan birgalikda tashkil qilishganligini ta’kidlab o’tishimizni so’radi. To’g'risi odatda sumalak shoular rasmiy ko’rinishda tashkil etilganiga o’rganib qolganmiz. Ammo, bunisi o’zgacha edi. Futbol shouga tayyorgarlik jarayonida futbol o’ynayotgan paytida oyog’ini sindirib olgan Davron Kabulov eshikdan kiraverishda bemalol dam olib yotganini ko’rishingiz mumkin edi. Yosh aktrisa Sitora Alimjonova, Oybek, Ma’mur va Bilolxo’ja esa to’p tepib yurishganligi ham noodatiy holat emasmi? Kamola esa odatga ko’ra uy bekalari nima qilsa shu bilan mashg’ul, ya’ni hammadan birma bir xabar olib chiqardi. Nigora esa jiyani bilan raqsga tushardi. Xullas, haqiqiy dam olishni rejalashtirgan bir guruh shou-biznes vakillari mana shu dargohda jam bo’lishgandi. Eng qiziq tarafi, ular dam olishlari uchun imkoniyat yaratilgandek, u yerda telefonlar ishlamas ekan. Hech kim qo’ng’iroq qilib bezovta qilmasligi uchun atoyin qilingandek. Biz ham ijodiy jamoamiz bilan miriqib xordiq chiqarib qaytdik. Siz ham ushbu tadbir davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi tomonidan olingan eksklyuziv fotolavhalarni tomosha qiling!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 436 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *