Nasiba Abdullaevadan «7 javohir»…
O’zbek estrada olamida bir necha o’n yildan beri ijod qilib kelayotgan O’zbekiston xalq artisti Nasibaxonim Abdullaeva o’zining yaratayotgan qo’shiqlari bilan juda ko’plab muxlislar orttirgan va xalqimiz yuragidan chuqur joy egallagan. Bir qancha vaqt muqaddam u «Madagaskar 2″ multfilmining o’zbek tilidagi talqiniga ham ovoz bergan edi…Nasibaxonim Abdullaeva hozirda ikki albom ustida ish olib bormoqda. Albomlardan biri «7 javohir» deb nomlansa, ikkinchisi uchun hali nom topganicha yo’q. Ushbu albomlardan uning yangi yaratilgan qo’shiqlari qatorida shlyager taronalari ham o’rin oladi.