Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Avg, 2008

Mustaqillik — g’urur va iftihor ramzi!

Mustaqillik - g'urur va iftihor ramzi!Istiqlol, mustaqillik, ozodlik… 1991 yil 31 avgust kuni Yurtboshimiz Islom Abdug’anievich Karimov tomonlaridan O’zbekiston Respublikasi mustaqil yurt deb e’lon qilindi. Shu kundan e’tiboran dunyo xaritasida Mustaqil O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. Mustaqillikka erishishimiz bilan, milliy bayram, urf odat va an’analarimiz, milliy o’zligimiz ham qayta tiklandi desak aslo adashmagan bo’lamiz…Mustaqillikka erishganimizdan so’ng, har bir yilga alohida nom qo’yish an’ana tusiga kirdi. Bu yil esa, Yurtboshimiz tomonidan «Yoshlar yili» deb e’lon qilinishi, biz yoshlarga bo’lgan e’tiborni davlat miqiyosiga chiqishiga sabab bo’ldi. Buni hozirda yoshlarimiz uchun yaratilayotgan qulayliklar va har xil ta’lim grantlari orqali ko’rishimiz mumkin. Zero, birgina «Kelajak ovozi» tanlovi misolida olib qarasak, ushbu tanlov orqali ko’plab iste’dodli yoshlarimiz yuzaga chiqdi. Biz yoshlar ishonamizki, bundan keyin ham davlatimiz, Yurtboshimiz bilan rahnamolikda yuksak cho’qqilarni zabt etadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *