Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Mustaqilligimizning 23 yilligi muborak bo’lsin!!!
1 Sen, 2014

Mustaqilligimizning 23 yilligi muborak bo’lsin!!!

Mirtohir Mustaqillik tabrigiBugun O’zbekiston uchun boshqacha kun! Bugun bizning, o’zbeklarning haqiqiy bayrami! Aynan mana shu sanada biz Mustaqil Davlat degan nomga erishganmiz. Bugun biz quvonadigan, ko’chalarimizda bayram bo’ladigan kun! Ozod yurtning farzandi ekanimdan faxrlanaman!!!

1991-yil 1-sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlat deb butun dunyoda tan olingan. Mana oradan 23-yil vaqt o’tibdiki, bizning yurtimiz kundan kunga go’zallashib bormoqda. Mana shu o’tgan 23-yil ichida O’zbekiston O’rta Osiyodagi eng xavfsiz Davlat deb tan olinganligi ham, biz tinch, osoyishta va ozodlikda hayot kechirayotganimizdan dalolatdir! Mana shu tinchlikka nima yetsin! Ust-boshimiz but, istagan narsamizga asta-sekinlik bilan erishib bormoqdamiz. Har kim o’z istagan sohasida bemalol emin-erkin ish olib bormoqda. O’zbekiston Davlati kundan-kunga faqat va faqat gullab, yashnab, o’sib bormoqda! Shu bilan biz ham, mana shu ozod yurt farzandlari ham o’sib ulg’aymoqdamiz! Men Mirtohir Mirg’ulomov, O’zbekistonda tavallud topganimdan baxtiyorman! Men mana shu yurt farzandiman! Ishonamanki, hamma-hammamiz O’zbekistonda tug’ilib o’sganimizdan faxrlanamiz!!! Mustaqilligimizning 23 yilligi bilan tabriklayman!!! Bayram muborak, yurtdoshlar!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 234 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *