Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Apr, 2009

Mustafodan yangi tarona!

MustafoSardor Rahimxonning shogirdlaridan biri Mustafo bir qancha vaqt muqaddam «Bizning yor kichkinadur» deb nomlangan taronasiga ishlangan klipni TV kanallari orqali namoyish qilayotgan edi. Lekin ushbu qo’shiq xalq so’zi asosida yaratilgan bo’lishiga qaramasdan, matbuot nashrlarida tanqidga uchraganidan so’ng TV da namoyish qilish uchun «zapret»ga qo’yib qo’yishdi…

Ammo Mustafo bundan hech ham ranjimadi. Ayni kunlarda Mustafo «Uylanib olaman dugonangizga» deb nomlangan yangi tarona yaratdi va FM to’lqinlari orqali taqdim qilmoqda. Shu bilan birga Rustam Murodov va Mirmaqsud Oxunovlar tomonidan yangi klip suratga olinmoqda. Mustafo ushbu qo’shiq yaralishidan avval «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va O’zbekiston xalq artisti G’ulomjon Yoqubov, O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist G’iyos Boytoev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Komila Aminova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan bastakor Qahramon Komilov va «O’zbekNavo» estrada birlashmasi repertuar va nazorat bo’limi boshlig’i Matluba Mahkamovalar bilan maslahatlashdi. Tez kunda «Uylanib olaman dugonangizga» taronasiga ishlangan klipni TV kanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *