Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Yan, 2012

Mustafo Turkiyada jonli kuyladi…

MustafoO'z muxlislarini topib ulgurgan ijodkor Mustafo 2012 yil boshida, aniqrog'i mana shu yanvar oyi boshlarida Turkiyada gastrol safarida bo'lib qaytdi. Ijodiy safardan qaytishi bilanoq Mustafo yana yangi qo'shiqlar yozishga kirishib ketdi. Jumladan «Li-la-li» deb antiqa nom olgan yangi qo'shiq yozib bo'lingan va unga klip suratga olish ishlari ham boshlab yuborilgan.

«Li-la-li» taronasi mualliflari bilan tanishing: bastakor Bobur Umarov, qo'shiq so'zlari Ahmad Yassaviy ijodidan olingan. Mustafo Turkiya safaridan juda ham katta taasurotlar bilan qaytdi. Safar mobaynida xonanda turk telekanallarida namoyish etilgan bir qator ko'rsatuvlarda ishtirok etdi. «Yangi yil oqshomi» hamda «Yangi kun» nomli ko'rsatuvlarda Mustafo o'zining eng sara taronalari hamda Turkiyaning eng ommaviy taronalarini jonli tarzda ijro etib, olqishlarga sazovor bo'ldi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *