Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Munisaning konsert dasturi so’nggi kunidan fotoreportaj!!!
10 Okt, 2014

Munisaning konsert dasturi so’nggi kunidan fotoreportaj!!!

Munisa Rizaeva 2014 konsert7-8-9 oktyabr kunlari Munisa Rizaeva o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etdi. Ushbu konsert dasturining 2-kunidan eksklyuziv fotoreportaj taqdim etganimizdan xabaringiz bor. Mana bugun esa Munisaning ilk yakkaxon konsert dasturi so’nggi kunidan tayyorlangan maxsus fotoreportaj e’tiboringizga muntazir.

Munisa Rizaevaning ilk yakkaxon konsert dasturi a’lo darajada o’tdi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Tashrif buyurgan muxlislar ham ushbu konsert dasturidan mamnun holda, ko’tarinki kayfiyatda qaytdilar, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Konsert haqida avvalgi maqolamizda biroz ma’lumot berib o’tgan edik. Shu sababdan konsert haqida ortiqcha to’xtalib o’tirmaymiz. 3-kungi konsert dasturida yulduzli mehmonlar ko’pchilikni tashkil qildi. Shahzoda, Rayhon, Shahzoda Muhammedova, Dilso’z, Zulayho Boyxonova, Asal Shodieva, Jamshid Xojiniyozov, Jasurxon G’oyipov kabi shou-biznes olami vakillari konsert dasturi tomoshabiniga aylanishdi.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 100 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *