Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Sen, 2012

Munisadan ketma-ket 4ta klip!!!

Munisa RizaevaBugungi o'zbek shou-biznesining yorqin yulduziga aylanib borayotgan Munisa Rizaeva ham sira ijoddan to'xtamayapti. U doimo biror bir yangilik yaratish bilan band. Hozirgi kunda ham Munisa Rizaeva o'z muxlislarini xushnud etish uchun ketma-ket 4ta qo'shiqqa klip suratga tushirib taqdim etishni rejalashtirgan. Ulardan biri duet tarona!

15 sentyabr kuni Munisa Rizaeva ham «O'zbegim taronasi» radiosining konsert dasturida taqdirlandi. Munisaning «Ayrilma yor» taronasi FM 101 ijodkorlari va tinglovchilari tomonidan hit tarona deb tan olinib, unga ham «Oltin disk» taqdim etildi. Biz bu mukofot bilan Munisa Rizaevani muborakbod etib qolamiz.
Kuni kecha «Ummon» guruhining konsert dasturi mehmon xonanda sifatida ishtirok etgan Munisa, ushbu guruh bilan birgalikda kuylagan duet taronasiga 26 sentyabr kuni klip suratga tushirishni rejalashtirib qo'ygan. Klip rejissori Narimon Sultonxo'jaev bo'ladi. Undan so'ng esa yangi «Daydi» va «Qaylarda» nomli qo'shiqlarga ham klip uchun senariy yozish ishlari boshlab yuborilgan. Tez kunlarda bu qo'shiqlarning klipi ham suratga tushiriladi.
Kelayotgan haftada esa taniqli aktyor, xonanda va rejissor Alisher Uzoqovning «Endi dadam bo'ydoq» kinokomediyasiga Munisa Rizaeva tomonidan ijro etilgan maxsus saundtrekning klipi prem'erasi bo'lib o'tadi. Demak, Munisadan kliplar yog'dusiga start berildi!!!

Munisa Rizaeva

Munisa Rizaeva

Munisa Rizaeva

Munisa Rizaeva

Munisa Rizaeva

Munisa Rizaeva


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 204 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *