Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Munisa Rizaevaning yangi albom taqdimotidan fotoreportaj!
22 Mart, 2016

Munisa Rizaevaning yangi albom taqdimotidan fotoreportaj!

Munisa Rizaeva albom taqdimotiBugun 22 mart kuni soat 17:00da «Discovery» musiqiy disklar do’konida Munisa Rizaeva o’zining navbatdagi, hisob bo’yicha 3-albomi taqdimotini o’tkazdi. Ushbu albom «Yurak» deb nomlanadi va undan xonandaning 24ta qo’shig’i o’rin oldi.

Shuningdek, Munisa Rizaeva o’zining o’tgan yili «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etgan konsert dasturi DVD disklarini ham muxlislar hukmiga havola qildi. Har ikki albomni ham siz bemalol mazkur musiqiy do’konga tashrif buyurib, harid qilishingiz mumkin. Albom taqdimotini Davron Kabulov olib bordi. Odatiy taqdimotlardan farqli ravishda Munisa Rizaevaning yangi albomi taqdimotida yangi disklarni qo’lga kiritish imkoniyati tashrif buyurgan muxlislarga taqdim etildi. Ya’ni, 3 nafar ishtirokchiga maxsus vazifa — Munisa Rizaevaning fotosuratini oq qog’ozga kim chiroylik qilib chizish sharti topshirildi. G’olibga esa Munisa Rizaevaning dastxati tushirilgan yangi albom sovg’a qilindi. Bu jarayondan so’ng, Munisa o’z muxlislari va OAV hodimlari uchun jonli ijroda «Yurak» deb nomlangan albomidan o’rin olgan bir qator qo’shiqlarini ijro etib berdi.

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayonida hamkorlarimiz fotosuratchilar Muhammad Ziyo hamda Ozod Jamol tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 6 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *