Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Munisa Rizaevaning yakkaxon konsertidan fotoreportaj!!!
21 Okt, 2015

Munisa Rizaevaning yakkaxon konsertidan fotoreportaj!!!

Munisa Rizaeva 2015 konsert

Xabaringiz bor 19-20-21 oktyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida estradamiz yulduzi Munisa Rizaevaning o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi haqida barcha yerda bong urildi. Mana shu kunlar ham yetib keldi. Konsertning 2 kuni ham bo’lib o’tdi.

Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi Munisa Rizaevaning 2015-yilgi yakkaxon konsert dasturidan fotoreportaj tayyorlash maqsadida konsertning ikkinchi kuniga tashrif buyurdik. «ProArt» tomonidan tashkil etilgan mega shou konsert dasturi avvalgi yilgi konsertdan anchagina farq qildi, deb bemalol ayta olamiz. Konsert dekortatsiyasidan tortib, har bir qo’shiq uchun tashkillashtirilgan chiqishlar muxlislar diqqatini tortdi. Konsert davomida Munisa Rizaeva o’zining yakkaxon taronalaridan tashqari Shahzod Murodov, Botir Qodirov hamda Shahboz va Navro’z bilan ijro etgan duet taronalarini kuyladi. Konsert dasturining boshlanishining o’zida Munisa Rizaeva hech kim kutmagan joyda paydo bo’lishi, konsert davomida orginal tarzdagi video dekoratsiyalardan foydalanilgani ham e’tiborni tortdi. Nazarimda, konsert dasturi o’ylangan darajada chiqdi. «Comedy.uz» rezidentlari hamda illyuzonistning chiqishlari ham tashrif buyurganlarga manzur bo’ldi. Bugun 21-oktyabr kuni Munisa Rizaevaning bu yilgi yakkaxon konsert dasturining so’nggi kuni. Agar hali tushishga ulgurmagan bo’lsangiz, albatta tushishni tavsiya etamiz. Darvoqe, bugun shuningdek, Munisaning tavallud topgan kuni hamdir. Bu qo’shaloq bayram bilan biz Munisa Rizaevani chin dildan muborakbod etamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *