Munisa Rizaevaning rasmiy sayti yangi ko’rinishda!!!
O’zbek estradasining betakror ovoz sohibasi Munisa Rizaevaning rasmiy sayti bugundan boshlab yangi ko’rinishda o’z ish faoliyatini boshladi. Yangi dizayn, yangi ko’rinish, yangi imkoniyatlar, xonandaning barcha ijodiy ma’lumotlari, videolari, fotosuratlari, qo’shiqlari, barcha barchasi www.munisarizaeva.com saytida.
Munisa Rizaevaning yangi sayti ustida «COOL» — dizayn studiyasi ijodiy jamoasi ish olib bordi. Saytning avvalgi ko’rinishidan farqli ravishda endilikda anchagina keng imkoniyatlar eshigi ochilgan. Bularning barchasini saytga tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin. Endilikda doimiy ravishda saytdan xonandaning barcha yangiliklar o’rin olib boradi. Avvallari sayt rus tilida edi, endilikda esa o’zbek tilida ham faoliyat olib boradi. Marhamat, Munisa Rizaevaning yangi saytiga tashrif buyuring va unga baho bering: www.munisarizaeva.com.