Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Munisa Rizaeva liboslar ko’rgazmasini o’tkazdi!
21 Apr, 2017

Munisa Rizaeva liboslar ko’rgazmasini o’tkazdi!

Monis liboslar ko'rgazmasiKuni kecha, ya’ni 19-aprel kuni «Marmaris» restoranida Munisa Rizaeva o’zining «Monis» butik-atel’esi tomonidan tashkil etilgan yangi liboslari ko’rgazmasini o’tkazdi. Ushbu ko’rgazmaga bir qator mashhur dizaynerlar bilan bir qatorda, o’zbek shou-biznesining yorqin namoyondalari ham tashrif buyurishdi.

Ko’pchilik Munisa Rizaevani avvaliga aktrisa sifatida, keyinchalik esa xonanda sifatida tanigan bo’lsa, endilikda model’erlik borasida ham o’z jamoasi bilan izlanishlar olib bormoqda. Munisa Rizaeva bilan mazkur mavzuda qizg’in suhbat qurdik. U «Monis» botik-atel’esi tomonidan taqdim etilayotgan liboslarning yaratilishida o’zining 20 foizgina g’oyalari bor ekanligini, qolgan qismi ustida esa katta ijodiy model’erlar jamoasi bilan ish olib borayotganligini ma’lum qildi. SB.uz portalining Youtubedagi rasmiy kanali orqali yaqin kunlarda mazkur liboslar ko’rgazmasidan tayyorlangan maxsus videoreportajni taqdim etamiz. Bizni kuzatishda davom eting. Bizning youtubedagi kanalimiz http://youtube.com/sbuzofficial manzilidan o’rin olgan!!!

Quyida siz azizlar uchun liboslar ko’rgazmasi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *