Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Munisa Rizaeva iyun oyida jonli konsert beradi!
8 Fev, 2014

Munisa Rizaeva iyun oyida jonli konsert beradi!

Munisa RizaevaO’zbek estradasi xonandasi Munisa Rizaeva ketma-ket yangidan yangi qo’shiqlar-u, kliplar taqdim etish bilan bir qatorda el hizmatidan ham tinmayapti. Biroq, shu kunga qadar o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etmagan Munisa Rizaeva nihoyat iyun oyida konsert beradigan bo’ldi.

Munisa Rizaevaning muxlislari uchun bu juda ham quvonchli xabar. Xonandaning yangi matbuot kotibi Ibrohim Ahmedovning xabar berishicha 20-21-22 iyun kunlari «Istiqlol» san’at saroyida Munisa Rizaeva ham o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadigan bo’ldi. Buni qarangki, ilk bor konsert berishiga qaramay Munisa 1 kun emas, 2 kun ham emas, balki naqd 3 kunlik konsert dasturini taqdim etishga qaror qildi. Unisi ham mayli, eng muhimi konsert dasturi jonli ijroda bo’lar ekan!!! Tasanno, Munisa!!! Konsertga tayyorgarliklarda omad yor bo’lsin!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 495 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *