Munisa Rizaeva Dan Balan bilan duet kuylaydi!!!
Kuni kecha Munisa Rizaeva evropada juda ham mashhur bo’lgan ijodkor Dan Balan bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv jarayonida Munisa Rizaeva hamda Dan Balan o’zaro ijodiy hamkorliklar borasida suhbat qurdilar. Natijada esa ikki ijodkor birgalikda duet tarona kuylashga kelishib olishdi.
Endilikda siz aziz muxlislar tez orada Munisa Rizaeva hamda Dan Balan ijrosidagi duet taronani qarshi olishingiz mumkin. Yangi tarona qanday nomlanishi, qanday uslubda bo’lishi, unga klip suratga olinishi yoki olinmasligi borasidagi barcha ma’lumotlar hozircha sir! Biroq, bu sirdan eng birinchilar qatorida voqif bo’lishni istasangiz portalimizni kuzatib boring.