Muhammad Ahmad yana duet kuylaydi!
Avvalgi yangiliklardan birida Muhammad Ahmad Rayhon bilan duet tarona kuylash orzusida ekanligini ma'lum qilgandik. Kuni kecha esa Muhammad Ahmad yana bir duet tarona kuylayotganligini va u ayol xonanda ekanligini ma'lum qildi. Qiziq, bu Rayhonmi?
Yosh xonanda Rayhonning ashaddiy muxlisi ekanligini hech kimdan sir saqlamagan holda uni ijodini qadrlashini aytib o'tdi. Kuylanayotgan yangi duet esa kim bilan ijro etilayotganini hozircha sir saqlashga qaror qildi. Albatta savollarga javob topish uchun oz fursat kutishimizga to'g'ri keladi. Qo'shiq kim bilan ijro etilishidan qat'iy nazar, ishonamizki u barchaga manzur bo'ladigan tarona bo'ladi.