Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Muborak Yo’ldoshev 81 yoshligiga bag’ishlangan kino!
16 Mart, 2014

Muborak Yo’ldoshev 81 yoshligiga bag’ishlangan kino!

Muborak Yo'ldoshev ko'rgazmasi«O’zbekkino» milliy agentligi tomonidan taniqli rassom Muborak Yo’ldoshevning 81-yoshga to’lishi munosabati bilan «Jo’shqin ranglar asiri» deb nomlangan maxsus film chiqarildi. 23-fevral kuni o’zining 81-yoshini qarshilagan rassom uchun bu ajoyib sovg’a bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Muborak Yo’ldoshev estradamiz yulduzi, xonanda Manzuraning otasi ekanligini yana bir bor eslatib o’tishni joiz deb bildik. Mazkur xujjatli filmni tomosha qilib, siz Muborak Yo’ldoshevning uzoq va mashaqqatli yo’lni qanday bosib o’tganligidan ham boxabar bo’lsangiz ajab emas.

Har bir insonni taqdiri oddiy emas. Rassomniki esa o’zgacha. U bu dunyoda yashab turib, parallel ravishda o’zining dunyosini yaratadi. Kimgadir bir qarashda ijod qilish oson ishdek tuyuladi. Lekin, o’ylab to’qilgan bu dunyo o’z qonun-qoidasi bo’yicha yashaydi, o’zining ranglariga ega, ba’zida esa qurbonlik ham talab qiladi. Muborak Yo’ldoshev — bu shartlarga rozi bo’lganlardan biri…

Muborak Yo'ldoshev ko'rgazmasi

Muborak Yo'ldoshev ko'rgazmasi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 210 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *