Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Dek, 2008

«M&TVA 2008» taqdirlash marosimidan…

M&TVA - 20081-raqamli portal SB.uz eng so’nggi shou-biznes olamida yuz berayotgan yangiliklardan birinchilar qatorida xabardor qilishga hamisha tayyor. Chamasi bir soat ilgari poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida yilning eng kutilgan voqeasi bo’lmish, Musiqa va tele video asarlari nominatsiyasi «M&TVA 2008″ning taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Taqdirlanganlar ro’yhati quyida e’lon qilingan…

1. Yilning eng yaxshi filmi — Rejissor Ayub Shaxobiddinovning «Telba» filmi.
2. Yilning eng yaxshi rejissori — Ayub Shaxobiddinov.
3. Yilning eng yaxshi aktyori — Ulug’bek Qodirov.
4. Yilning eng yaxshi aktrisasi — Dilnoza Kubaeva.
5. Yilning eng yaxshi saundtreki — Ziyoda — «Super kelinchak» filmi uchun.
6. Yilning eng yaxshi erkak xonandasi — Tohir Sodiqov.
7. Yilning eng yaxshi ayol xonandasi — Zulayho Boyxonova.
8. Yilning eng yaxshi klipi — «A’lo» guruhi «Alo, privet» taronasi, klipmeyker Jasur Shametov.
9. Yilning eng yaxshi bastakori — Rustam To’lashev.
10. Yilning eng yaxshi radioboshlovchisi — Alisher Kanaev («Maxima» radiosi).
11. Yilning eng yaxshi televizion loyihasi — TVM kanalining «BabyTerra Landiya» loyihasi.
12. Yilning eng yaxshi televizion loyiha dizayni — TVM kanalining «Kinokuryer» dasturi.
13. Yilning eng yaxshi shou-tomoshasi — «Asrlar sadosi».

Taqdirlash marosimida milliylikka bo’lgan juda katta e’tibor sezilib turdi. Marosimda kutilmagan holatlar ham kuzatildi. Barchasini albatta 31 dekabr kuni TVM kanali orqali bilib olishingiz mumkin. Ajralib turgan jihatlardan yana biri bu yil xorij davlatdan yulduzlar taklif qilingani yo’q.

Mukofotni ta`sis etuvchilar: «O’zbekiston madaniyati va san’ati Forumi Jamg’armasi», Mualliflar va ijrochilar gildiyasi «TVM» kanali.

M&TVA - 2008


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 354 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *