Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Noy, 2007

«M&TVA-2007» taqdirlash marosimi haqida!!!

M&TVA-2007«M&TVA-2007» taqdirlash marosimi haqida endi SB.uz portali eng ishonchli va tezkor xabarlarni sizga taqdim etadi. Bu mukofotning topshirish marosimi bu yil ikkinchi bora o’tkazilmoqda. Xo’sh, unda kimlar g’olib bo’lishga loyiq? Buni siz hal qilasiz!!!

2006 yil ilk bor o’tkazilgan mazkur nufuzli taqdimot marosimida 16 yo’nalish bo’yicha nomzodlar qo’yilib, to’plangan ovozlar asosida g’oliblar aniqlangan edi. Bu yil esa yo’nalishlar soni yana 2taga oshdi. Demak, ijodkorlar uchun imkoniyatlar yanada yuksalmoqda. Xo’sh, navbatdagi taqdimot marosimida qanday yo’nalishlar bo’ladi? Bu savolga hoziroq javob olishingiz mumkin. Marhamat, nominatsiyalar bilan tanishib chiqing:

1) Yilning eng yaxshi filmi
2) Yilning eng yaxshi aktyori
3) Yilning eng yaxshi aktrisasi
4) Yilning eng yaxshi erkak xonandasi
5) Yilning eng yaxshi ayol xonandasi
6) Yilning eng yaxshi klipi
7) Yilning eng yaxshi bastakori
8) Yilning eng yaxshi saundtreki
9) Yilning eng yaxshi seriali
10) Yilning eng yaxshi teleloyihasi
11) Yilning eng yaxshi teleboshlovchisi
12) Yilning eng yaxshi radioboshlovchisi
13) Yilning eng yaxshi shou-dasturi
14) Yilning eng yaxshi kreativ-reklamasi
15) Yilning eng yaxshi teleloyiha dizayni
16) Yilning eng yaxshi fotorassomi
17) Yilning eng yaxshi rejissori
18) Madaniyat va san’at sohasiga qo’shgan hissasi uchun faxriy mukofot

«M&TVA-2007″ haqida yanada qiziqarli va eksklyuziv ma’lumotlarni tez orada e’tiboringizga havola etamiz. Hozircha esa siz ushbu nufuzli mukofotni qo’lga kiritish uchun kim munosib ekanligini izoh tarzida yozib qoldirishingizni so’raymiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 285 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *