Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Dek, 2007

«M&TVA-2007»: g’oliblar bilan tanishing!!!

M&TVA-2007«M&TVA-2007″ taqdimot marosimida kimlar g’olib bo’ldi? Bu savol bugungi kunning eng dolzarb mavzusiga aylandi, desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Aynan mana shu savolga javobni esa albatta SB.uz portali eng birinchi sizga ma’lum qiladi. Xo’sh, sabringiz chidamayabdimi? Unda g’oliblar bilan tanishing!

«M&TVA-2007″ marosimidan hozirgina kelgan xabarlarga ko’ra kimlar g’olib bo’lganligini sizga ma’lum qilamiz. Shuningdek, SB.uz portalining eng yaqin do’stlari hisoblanmish Ulug’bek Rahmatullaev hamda Ziyodani chin dildan muborakbod etamiz!

 

Yilning eng yaxshi teleloyihasi: «Face to face» (TV-Markaz)
Yilning eng yaxshi teleboshlovchisi: Lola Zunnunova (Yoshlar telekanali)
Yilning eng yaxshi radioboshlovchisi: Tursunoy Alimova («Zamin-FM» radiosi)
Yilning eng yaxshi bastakori: Aziz Holmurodov
Yilning eng yaxshi teleloyiha dizayni: «Bekat» (O’zbekiston telekanali)
Yilning eng yaxshi fotorassomi: «Oni» (Renat Karimov va Armen Avakyan)
Reklamada eng yaxshi kreativ: «Style.uz»
Yilning eng yaxshi klipi: «Tushungin meni» (U.Rahmatullaev, rej. R.Murodov)
Yilning eng yaxshi shousi: «Style.uz» (Loyiha muallifi Gulnora Karimova)
Yilning eng yaxshi erkak xonandasi: Ulug’bek Rahmatullaev
Yilning eng yaxshi ayol xonandasi: Ziyoda
Yilning eng yaxshi filmi: «Boyvachcha» filmi (rej. Yo.Nosirov, «Zamin film»)
Yilning eng yaxshi aktyori: Nozim To’laxo’jaev («O’tov», «Kechir»)
Yilning eng yaxshi aktrisasi: Lola Eltoeva («Jazo»)
Yilning eng yaxshi saundtreki: «Kechir» filmiga ishlangan saundtrek (Rayhon ijrosida)
Yilning eng yaxshi rejissori: Murod Rajabov
Milliy madaniyatimiz va san’atimiz rivojiga qo’shgan hissasi uchun faxriy sovrini: Shuhrat Abbosov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 156 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *