Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Noy, 2012

Moskvada Shahzodaning konsertiga tayyorgarlik boshlandi!

ShahzodaXabaringiz bor Shahzoda o'z gastrollar turnesini boshlab yuborgan. Konsertlardan biri 4 noyabr kuni Almata shahrida bo'lib o'tsa, keyingisi Moskvada taqdim etiladi. Xo'sh, konsertlarga tayyorgarliklar qanday ketmoqda? Bizning portalga tashrif buyuruvchi Qozog'iston va Rossiyadagi muxlislarga mazkur konsert haqidagi barcha ma'lumotlar qiziq.

Ertaga Shahzoda Qozog'istonning Almata shahriga uchib ketadi. 4 noyabr kuni u o'zining Qozog'istondagi muxlislariga yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Ishonamizki, ushbu konsert dasturi a'lo darajada o'tadi va muxlislar yodida uzoq muddat saqlanib qoladigan shou bo'ladi.
Rossiyadagi konsert tashkilotchilari ham konsertga jiddiy tayyorgarliklarni boshlab yuborishgan. Hozirda Moskva ko'chalarida Shahzodaning katta-katta bannerlarini ko'rishingiz mumkin. 22 noyabr kuni Lujnikida joylashgan «Rossiya» konsert zalida bo'lib o'tadigan konsert dasturi ham Toshkentda taqdim etilgan «Assalomu alaykum» nomli konsert dasturi asosida tashkillashtiriladi. Bizga yetib kelgan qaynoq fotosuratlar bilan o'rtoqlashamiz. Marhamat!

(P/S. Darvoqe, eslatib o'tamiz Shahzodaning fotosurati portalimiz tomonidan tashkillashtirilgan «Photo Cup» loyihasida ishtirok etmoqda. Va hozirda unga ovoz berib, Yil fotosurati nomiga sazovor bo'lishi uchun siz ham o'z ovozingiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Marhamat www.photocup.sb.uz saytiga tashrif buyuring va Shahzodaga ovoz bering!)

Shahzoda

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 204 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *