Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Avg, 2009

Mo’min Oripov xotirasiga qo’shiq kuylandi…

Jahongir Poziljonov«Bojalar» guruhi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa haligacha barcha odamlarning og’zida. Kuni kecha guruh ma’muri Javlon Shodmonov ham o’z uyiga qaytdi. Jahongir Poziljonov esa Mo’min Oripovning xotirasiga bag’ishlab qo’shiq yaratdi. Bu qo’shiqning musiqasi alohida ahamiyatga egadir. Chunki musiqani Mo’min Oripovning o’zi yozgan edi…

Xotira qo’shiqning so’zini iste’dodli yosh shoirlardan biri, shuningdek «100%» guruhining a’zosi Timur yozgan. Mo’min Oripov hayotligida ushbu qo’shiqning musiqasini boshqa maqsadda yaratgan edi. Ammo qo’shiqning mavzusi jihatidan mos kelganligi va ruhi shod bo’lishi maqsadida Jahongir Poziljonov musiqadan foydalandi. Qo’shiq ijrochilari Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Ziyoda hamda Shahzod. Tez orada ushbu qo’shiq FM to’lqinlari orqali keng ommaga havola qilinadi va albatta bizning portaldan ham tinglash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Ayni kunlarda klipmeyker Yodgor Nosirov tomonidan klip suratga olinishi rejalashtirilgan.

P.S.: Yaqinda portalimiz orqali «Bojalar» guruhining eng so’nggi fotojamlanmasini tomosha qilasiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 111 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *