Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Iyun, 2010

Mo'min Oripov hamisha oramizda barhayot!!!

Mo'min Oripov28 iyun 2009 yil… Ushbu kun o'zbek shou-biznesi katta yo'qotishni boshdan o'tkazdi. Ushbu kunda katta qiyinchiliklarni boshdan o'tkazib, yorqin yulduz misoli porlayotgan «Bojalar» guruhining solisti Mo'min Oripov gastrol safaridan qaytayotganda yuz bergan mudhish avtohalokat oqibatida bu dunyoni tark etgan edi…

Lekin har doim meni bir narsa taajubga soladi. Nima sababdan, inson vafotidan so'ng unga e'tibor oshadi? Nima sababdan, hayotlik davrida e'tibor qaratilmaydi? Agar yaxshilab tahlil qiladigan bo'lsak, aynan «Bojalar» guruhining ijodiga (yoshlarni ma'lum yoshdagi qismini inobatga olmaganda) unchalik qiziqish yo'q edi. Eh odamzod, odamzod… Mo'min Oripov ham shu qisqa umri davomida juda ko'p yutuqlarga erisha oldi,-deb ayta olamiz. Mo'min Oripov har taraflama intiluvchan, quvnoq inson edi… Agar o'sha Tojikistonda gastrol konsert dasturiga borishmaganida edi… Agar kechasi yo'lga chiqishmaganida edi… Farzand dunyoga kelganida, uning peshonasiga taqdiri bitilar ekan. Mana Mo'min Oripovning olamdan o'tganiga 1 yil bo'lishiga qaramay, hali ham uni OAV xodimlari, shou-biznes vakillari, do'stlari va muxlislari yodga olishadi. Mo'min Oripovning orqasida ota-onasi, ukasi, sevikli yori, jajji Bilolxo'ja, yaqinlari, do'stlari va muxlislari qoldi… Ilohim Mo'min Oripovning yotgan joylari jannatdan bo'lsin.

O'tganlarni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 153 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *