Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Iyun, 2009

Mo’min Oripov bugun bomdodda chiqarildi!

Mo'min OripovHozirgina «Bojalar» guruhi xonandasi Mo’min Oripovni so’nggi yo’lga kuzatdik. Barcha uning yaqinlari, yoru-birodarlari, do’stlar hamda hamkasblari Mo’minning Sebzordagi uyi yaqinida to’planishdi. Janoza namozi marhumning xonadoni yaqinida joylashgan «At-Termiziy» masjidida o’qildi so’ngra so’nggi manzilga kuzatildi.

Mo’minning tanasi «Teshik qopqoq» qabristoniga qo’yildi. Har birimizning borar yerimiz bir. Bu foniy dunyoni bir kun kelib barchamiz tark etamiz. Har bir insonning taqdiri va o’limi belgilangan, uni hech kim o’zgartira olmaydi. Ming afsuslarki, Mo’min Oripov bizni juda erta tark etdi. Undan bu dunyoda bir necha filmdagi rollari, bir necha o’nlab qo’shiqlari va Bilol ismli o’g'li qoldi.

Shu kunlarda Mo’min Oripov hamda Javlon Shodmonov (guruh administratori) rejissorligi ostida ishchi nomi «Xirs» bo’lgan badiiy film suratga olinayotgan edi. Afsuski mazkur kartina tugallanmay qoldi. Oybek va Nigora dueti a’zosi Nigora Ismoilova mazkur filmda Mo’min bilan birgalikda bosh qahramon obrazini talqin etishayotgan edi. Suratga olish ishlari deyarli yakunlangan bo’lsada, hali ba’zi suratga olish ishlari yakuniga yetmay qoldi. Endigina ushbu film uchun maxsus saundtrek ijro etilish uchun Mo’min hamda Nigora tayyorgarlik ko’rishayotan edi. Ma’lumotlarga qaraganda film ssenariysi bo’yicha kartina yakunida Mo’min ijro etayotgan qahramonning o’lim sahnasi ham bor ekan.

Yana bir bor biz barcha o’zbek xalqi, «Bojalar» guruhi muxlislari, SB.uz portali foydalanuvchilari nomidan Mo’minning oila-a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Biz doimo seni yodimizda saqlaymiz, Mo’min. Sen bizning qalbimizdasan!!!

 

 Mo’min Oripov haqida ma’lumotlar:

 

Bojalar guruhi a'zosi Mo'min

#SavolJavob
1.To’liq ism–sharifiAripov Mo’min Mahmudovich
2.Laqabi yoki tahallusiMo’mintoy
3.Tug’ilgan joyi va vaqtiToshkent shahri, 15 mart 1984 yil
4.Vazni78 kg
5.Bo’yi172 sm
6.MillatiO’zbek
7.HarakteriQuvnoq
8.Oilaviy sharoitiOilali, turmush o’rtog’ining ismi Kamola
9.Yoshlikdagi hato uchun eng og’ir jazoJazo berishmagan

10.

Birinchi bo’saUylanganidan keyin
11.Birinchi bor o’zi tayyorlagan taomiYodida yo’q, lekin hozir hech qanday taom tayyorlashni bilmaydi
12.Sevimli aktyor va aktrisasiMurod Rajabov va Dilbar Ikromova
13.Sevimli xonandasiTohir Sodiqov
14.Sevimli filmi«Ko’zlaring ma’yus»
15.Sevimli qo’shig’iTohir Sodiqov ijrosidagi «Ko’zlaring ma’yus» va «Bo’ldi xato» qo’shiqlari
16.Sevimli taomiPalov va qozon kabob
17.Sevimli ichimligiQatiq va mineral gazli suv
18.Sevimli sport turiFutbol
19.Sevimli mashg’ulotiQo’shiq kuylash va uxlash
20.Sevgan insoniRafiqasi
21.Foydalanadigan atiriArab mushkambari
22.ShioriOlg’a
23.Mukofotlari«Tarona taqdimoti–2006″da «Yilning eng yaxshi guruhi» nominatsiyasi g’olibi
24.Ko’p ishlatadigan so’ziAvval
25.Shaxsiy avtomobil markasi«Lasetti»
26.Agarda xonanda bo’lmaganidaSartarosh bo’lardi
27.OrzusiKatta xovli qurib, o’sha uyda baxti yashash
28.ArmoniYo’q
29.Shaxsiy e-mail manziliYo’q
30.Shaxsiy saytiYo’q

(P/S: «Bojalar» guruhi bilan sodir bo’lgan ushbu mudhish fojea yuzasidan turli xil internet resurslarda har xil mish-mishlar yozilmoqda. Biz sizni ushbu mish-mishlarga ishonmaslikka chaqiramiz. Holat yuzasidan barcha haqqoniy ma’lumotlar bizning portal orqali sizga yetkaziladi.)

Eslatib o’tamiz, bizning portal hostingi AQSHda joylashganligi sababli, yangilik joylanayotgan vaqt AQSH vaqti bilan joylangan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 297 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *