Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Yan, 2012

«Mohitabonim»ni 12 yanvarda tinglaymiz!

Sardor RahimxonO'zbek estradasining mega-yulduzi Sardor Rahimxon 2011 yilning muvaffaqiyatlaridan so'ng, 2012 yilni undan ham omadli bo'lishi harakatida ijodni boshlab yubordi. O'zining yuqori didi, sifatli kliplari hamda orginal taronalari bilan har doim ajralib turgan Sardor bu gal ham muxlislarni lol qoldirdi.

Yangi yil kechasida «Yoshlar» teleradiokanalining yangi yil bazmida kuylagan «Mohitabonim» taronasini kuylashi bilanoq ushbu tarona muxlislar og'ziga tushdi. Eng qizig'i bu qo'shiq hali hech qayerda yo'q. Bunaqasi hali bo'lmagandi. Odatda qo'shiq dastlab radiolarda yangrar, so'ngra biroz vaqt o'tib qo'shiqning klipi xalq e'tiboriga havola etilardi. Demak, va nihoyat prem'era kuni aniq. 12 yanvar «Zamin FM» hamda «Vodiy sadosi» radiosida «Mohitabonim» taronasining prem'erasi. Qolaversa, «Mohitabonim» qo'shig'iga «Nima uchun» klipi bilan Yilning eng yaxshi klipmeykeri degan nomga ega bo'lgan Narimon Sultonxo'jaev tomonidan klip suratga olinayotgani ham ma'lum. Yaqin kunlada ushbu klipga oid batafsil ma'lumotlar bilan o'rtoqlashamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *