Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Yan, 2007

Mohira Asadova nega kamnamo?

Mohira AsadovaBu taniqli xonandaning xush ovozi hamisha e’tiborni tortib turadi. Uning ijodi, turmush tarziga qiziquvchilarni xonanda bilan bog’liq yangiliklarga ham tashnaligi aniq. Aslida ijodkor uchun yangiliksiz yashash mumkinmi? Aslo!Mohira Asadova oxir-oqibat o’ziga yangi ijodiy hamkor tanlashga qaror qildi va… va u bilan kelishdi shekilli, hatto ish boshlab yubordi. Eng muhimi, har ikkala tomon ham professionallik tarafdori. Xonandada ham, uning hamkorida ham g’oyalar serob. Faqat ularni amalga oshirish kerak xolos… Shunday qilib, Mohira Asadova bir emas, ikkita bir-biriga o’xshamagan loyihani yaqin kunlarda e’tiboringizga havola qiladi. Ular nechog’li boshqa-boshqa bo’lmasin, baribir bu loyihalari xonandadagi iste’dodni, qalb dunyosini namoyon etadi. Keling, ijodiy hamkor haqida hozircha so’z ochmay turamiz, o’z fursati bilan hammasini bilib olasiz. Ma’lumot uchun shuni oldindan aytishimiz mumkinki, xonanda butunlay boshqacha ishtiyoq va g’ayratga to’lib-toshgan. Ardoqli xonandamizga omad tilaymiz!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *