Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Avg, 2009

Misr taasurotlari va ijodidan so’nggi yangilik! (+ fotosuratlar)

KanizaEstradamizning maftunkor ayol xonandasi Kaniza hozirgi kunda juda sermahsul ijod qilib kelmoqda. Hozirda uning TV kanallari orqali hit qo’shiqlari hisoblangan «Oq va qora», «Olib ketgin» va «Xotirangiz mangu bobojon» taronalari ishlangan kliplar taqdim qilib kelinmoqda. Shuningdek, Kaniza Misrda bo’lib qaytgan edi…

Shu yilning 10-21 mart kunlari Misrda davlatida dam olib qaytgan edi. Mana nihoyat u yerda tushirilgan fotosuratlarini SB.uz portaliga taqdim qildi. Kaniza hozirda Bobur Bobomurod she’ri va Atham Abduraimov musiqasi bilan «Suydirganim», Kamron so’zi va yana Atham Abduraimov musiqasi bilan «Mehribonim» nomli qo’shiqlarni yaratdi. «Mehribonim» taronasining g’oyasi va qo’shiq yo’nalishi Kanizaning o’ziga tegishli. Yaqin orada ushbu qo’shiq uchun klip suratga olishni rejalashtirgan. To’yga to’yona tarzida «Mehribonim» taronasiga ishlangan klipni 1 sentyabr kuni TV kanallari orqali namoyish qilishni o’z oldiga maqsad qilgan. Tez orada Kanizaning yangi qo’shiqlarini portalning «Audio Time» bloki orqali tinglab baho berishingiz mumkin. Portalimizni kuzatib boring.

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *