Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Iyul, 2006

Mirtohirning tavallud kunini nishonladik…

Ha! Ajablanishga o’rin yo’q. To’liq amin bo’lib aytishim mumkinki, Mirtohirning tug’ilgan kuni a’lo, yo’g'ey — super a’lo darajada o’tdi!!!

Oilada yangi mehmon tug’ilishi bilan uni uyiga olib kelishadi — bu bizning milliy udumimiz. Mirtohir ham ushbu milliy udumimizni buzmasdan, tug’ilgan kunini fayzli o’tishini ta’minlash maqsadida o’z uyida o’tkazdi.
Mehmonlardan birinchi bo’lib, kaminangiz Rustam Fayziev va Sanjar Abdug’anievlar bordik. Borishimiz bilan o’zimizning qimmat bo’lmagan, atigi $50 ga olingan USB-Flash uskunasini portalimiz jamoasi nomidan sovg’a qildik. Davomi…

FOTOSURATLARNI KO’RISH

Oz o’tirmay ketimizdan Roksana yetib keldi, uni eson-omon kutib oldik.
Shundan so’ng u bilan bo’lgan on-line anjumanimiz mavzusida suhbat ochildi, aytishi bo’yicha, ushbu anjuman unga juda yoqibdi.
Roksana bilan to’yib gaplashishga ulgurmasimizdan, Sogdiana bilan Bahrom Yoqubov («Sarvinoz», «Baxt uchun million», «Fotima va Zuxra» hamda «Romeo va Jul’etta» filmlarining rejissori) eshik taqqilatib qolishdi, 2ta katta buket gul bilan bir o’ramda sovg’a (nimaligini hali so’ramadim ) olib kelishdi. Ha aytgancha, Mirtohirning uyini topish kelyotgan mehmonlar uchun qiyin tuyulsada, unchalik qiyin bo’lmadi. Chunki men bilan Sanjardan boshlab har birimiz uy ostida o’tirgan bolalardan Mirtohirni uyini so’rab kiraverdik. Qizig’i shundaki bizdan keyingi kelayotgan mehmonlarga u bolalar (hatto katta yoshdagi kishilar ham) ulardan so’ramasa ham Mirtohirni uyini ko’rsatib turaverishgan.
Sogdiana va Bahrom aka dasturxonga o’tirishib,fotiha qilindiyu Sogdiana tarafga savollar yo’g'ilib ketti, avval uni bunday muvaffaqiyat bilan tabrikladik, so’ng boshlandi — «Sogdiana bo’ldimi shu bilan Toshkentda qolasizmi? Qaysi yurtni tanlamoqchisiz? Yana qachon kelasiz?».
Mirtohirni uyali telefoniga muxlislar yuborayotgan SMS-tabriklar tinmay kelardi, ichida hatto juda qiziqlari ham bor edi, Mirtohir hammaga o’qib berar edi, mana bitta esimda qolgani: «Mirtohir aka, sizni tug’ilgan kuningiz bilan tabriklayman! tabrik Ishingiz hech qachon menga tushmasin, chunki men ToshMIda ishlayman…»
Xonaning burchagida DVD-playerda «shou chiqicha biznes nuqta uz» shiori yozilgan mp3 qo’shiqlar o’ynab turdi.
Savollardan qolib, endi normal holdagi suhbatga qaytishimiz bilan Aziza Jonim qo’ng’iroq qilib yetib keldilar.
Dasturxonga o’tirib barcha bilan ko’rishganimizdan so’ng biz bergan savollarni qaytadan Sogdianaga berib, uni qaytadan javob berishiga undadilar :) )
Aziza Jonim Mirtohirdan :»Aziza qanday — qiynalmay topib keldizmi uyimni, - deb ham so’ramaysiz-a? Pastda o’tirgan bolalar aytib yuboprishdi» — deganlari keyingi kulgiga sabab bo’ldi.
Keyin Mirtohirning hamkasblari, «30-kanal» xodimlari kirib kelishdi. Albatta gul sov’ga va antiqa syurpriz bilan. Qanday syurpriz deysizmi???
Xabaringiz bor Mirtohirning 30-kanalda «Shou-biznes yangiliklari» nomli mualliflik loyihasi bor. Shu loyihaning boshlovchilik vazifasini ham Mirtohir o’z bo’yniga olgan, huddi shu dasturni suratga olish jarayonida Mirtohir adashib ketgan va rosa kulgili bo’lgan kadrlarni hammasini bitta DVD diskka joylab, kamerada Mirtohirni tabriklashgan. Juda qiziq chiqqan, Jim Kerrini eng komediya kinolari u DVD-diskdali lavhalar oldila hijolat!!!
Xullas, mehmonlar qatoriga yana Mirjamol o’zining bir to’la paket sovg’asi bilan hamda Sharof Muqimov ham o’z sov’gasi bilan qo’shilishdi.
Afsuski, Shohruh repper hamda Sardor Rahimxon men tug’ilgan kundan ketganimdan so’ng kelishi kerak edi, shuning uchun ular kelishdimi yoki yo’qmi bu haqda hali Mirtohir bilan xabarlashib bilganimcha yo’q.

Saytimizning fotogalereyasiga tashrif buyurib bo’lgan hodisalarga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Mirtohirni yana bir bor tu’gilgan kuni bilan tabriklayman!

Hurmat ila,
Rustam Fayziev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *