Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Yan, 2010

Mirjamolning tug'ilgan kunidan eksklyuziv! (+ fotosuratlar)

Mirjamol6 yanvar kuni yosh va iste'dodli xonanda Mirjamol o'z tug'ilgan kunini poytaxtimizda joylashgan «Ko'hinur» restoranining banketlar zalida yaqinlari, do'stlari, hamkasblari va hamkorlari bilan birgalikda nishonladi…

Mirjamolning tug'ilgan kuni soat 18:00da boshlandi. Rasmiy ravishda esa 19:00da «M&TVA 2009″ taqdirlash marosimida «Yilning eng yaxshi teleboshlovchisi» nominatsiyasida g'olib bo'lgan Ravshan Hakimov ochib berdi. Shundan keyin o'yin-kulgu boshlanib ketdi. Keyinchalik esa boshlovchilikni Alisher Uzoqov va Sitora Farmonova qabul qilib olishdi. Tavallud kunga Abdulla Qurbonov, Shohruhxon, Firdavs, Ziyoda, Xusan, Eldor, Ali Otajonov, Jamshid Abduazimov, Sherzod Bin, rejissorlar Sanjar Shodiev va Jahongir Ahmedov, «A'lo FM» radiosi ijodkorlari, «GAF» liboslar saloni xodimlari, Mirjamolning eng yaqin do'stlari va boshqalar tashrif buyurishdi. Raqsni esa xonanda Shohruhxon birinchilar qatorida boshlab berdi. Tug'ilgan kun tun yarmigacha davom etdi. SB.uz portali ijodkorlari yana bir bor Mirjamolni tavallud kuni bilan tabriklaydi.

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol

Mirjamol


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *